KAFEDRA MUDIRI :

Xudoyqulov Rustam Qo‘chqorovich

🗓 Qabul vaqti: Xaftaning Juma kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha

☎️  Telefon: +998915757664

📨  E-mail:  rustam85terdu@mail.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +998915757664

  “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida 36 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 27 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 9 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 2 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi, 25 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Kafedra tarixi: “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi 2022-yil sentyabrda tashkil etilib faoliyat yurutmoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Arxitektura

Qurilish muhandisligi

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Suv xoʻjaligi va melioratsiya

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari

Geodeziya ,kartografiya va kadast(sanoatda)

Geodeziya va geoinformatika

Kadastr

Yer kadastri va yer tuzish

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik, Arxitekturaviy chizma,grafika va prezentatsiya,Arxitekturaviy loyihalash asoslari, Arxitektura tarixi va nazariyasi, Arxitekturaviy loyihalash, Arxitektura ashyoshunosligi, Arxitekturaviy konstruksiya, Digital loyihalash (AutoCAD,SketchUP,Revit),Injenerlik geodeziyasi, Qurilish mexanikasi, Kompyuterda loyihalash, Bino inshootlar tipologiyasi, Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi, Injenerlik geologiyasi, Qurilish materiallari va buyumlari, Issiqlik taminot tizimlari, Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar, Qurilish fizikasi, Qurilish konstruksiyalari, Bino va inshootlar arxitekturasi, Qurilish jarayonlari texnologiyasi, Loyihalash asoslari, Qurilish mexanikasi va konstruksiyasi, Geodeziya, Geodezik  o`lchovlarni matematik ishlab chiqarish,Ko`chmas mulk obyektlari geofazoviy ma`lumotlari,Umumiy va raqamli fotogrammetriya 1,Kartografik chizmachilik va kampyuter grafikasi,Yer kadastr,Tabiiy geografiya,Geoaxborot tizimlar va texnologiyalar,Davlat kadastrlari asoslari,Kartashunoslik,  Gidravlika   fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishmoqda.

Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Xudoyqulov Rustam Qo‘chqorovich Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda.

Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Abilov Elyor Ermamatovich

Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining ekologiyaga ta`sirini baxolash.

 

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta o‘quv qo‘llanman va 1 ta darslik chop etildi.

Ilmiy maqolalar:

2023/2024-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 14 ta, Xalqaro jurnallarda 40 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 6 ta guvohnoma olingan.