Axborot-resurs Markazi

photo_2026-05-22_17-40-56

AXBOROT-RESURS MARKAZI RAHBARI

Shavkat Xoliqov Avazovich

🗓 Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 8:00 dan 16:30 gacha

☎️ Telefon: +998 99 166 27 88

Telegram: +998 99 166 27 88

AXBOROT-RESURS MARKAZI HAQIDA MA’LUMOT.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti axborot-resurs markazi 2017-yil sentabr oyidan faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda axborot-resurs markazida 8 nafar xodim ishlamoqda. Markaz fondida 15 984 dona 4277 nomda har xil turdagi adabiyotlar mavjud bo‘lib shulardan darslik 1156 nomda 5803 dona, o‘quv qo‘llanma 1561 nomda 6699 dona, badiiy adabiyotlar 1242 nomda 2410 dona, siyosiy adabiyotlar 97 nomda 292 dona, Prezident asarlari 78 nomda 296 dona, ilmiy ommabop risola 12 nomda 241 dona, lug‘at 49 nomda 137 dona, albom 53 nomda 63 dona, uslubiy qo‘llanma 29 nomda 41 dona adabiyotlarni tashkil qiladi. Markazga jami a’zo bo‘lgan kitobxonlar 2653 nafar bo‘lib, shulardan professor-o‘qituvchilar 148 nafar, talabalar 2423 nafar, ishchi xodimlar 82 nafarni tashkil qiladi. Bir kunda o‘rtacha hisobda 150 nafar kitobxon tashrif buyuradi.

Kompyuterlar internet (wi-fi) tizimlariga ulangan bo‘lib, ushbu tizim doimiy kitobxonlar tomonidan foydalaniladi. Tezligi 800Mbps ni tashkil qiladi. ARM telegram kanaliga oson ulanishi uchun kompyuter ishchi stoliga QR-CODE va telegram https://t.me/texnika379_arm havolasi joylashtirilgan. Bugungi kunda telegram kanalimizda 27892 dona elektron kitoblar joylashtirilgan. Institut rasmiy sayti http://lib.tdmau.uz/ da 8590 dona elektron adabiyotlar mavjud bo‘lib kerakli adabiyotlar foydalanuvchilar tomonidan yuklab olish yo‘lga qo‘yilgan. Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari muntazam ravishda foydalanib kelishmoqda.