KAFEDRA MUDIRI:

Abilfayziyev Shokir Narmuratovich

🗓 Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

☎️Telefon: +998 90 747-83-38

📨 E-mail: abilfayziyev@inbox.ru 

Telegram - Free social media iconsTelegram: +998 90 747-83-38

 

“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasida 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 20  nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 2 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar p.f.d.(DCs). professor, 1 nafar i.f.n, dotsent, 1 nafar t.f.f.d. (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi 16 nafar assistentlar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Kafedra tarixi: “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filialini tashkil qilish) ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilda “Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi tashkil topdi. Kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi Q.To‘raev ish boshladi. 2019 yilga qadar faoliyat yuritdi.

2020 yil 3 martdan kafedra nomi “Aniq va tabiiy fanlar” nomiga o’zgartirilib, kafedra mudirasi dots. Sultonova O‘g‘iloy Nabievna tayinlandi. O’. Sultonova 2024 yilga qadar faoliyat yuritdi. 2024 yil sentiyabrdan t.f.f.d. (PhD) Abilfayziyev Shokir Narmuratovich faoliyat olib bormoqda.

2024-yil 18-iyulda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-265-sonli qaroriga muvofiq,  kafedra nomi “Aniq va tabiiy fanlar” nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: fizika, oliy matematika, amaliy matematika, muhandislik matematikasi, muhandislik fizikasi, ehtimollar nazariyasi va statistik fizika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

    Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

— 05.05.06 –  Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari;

— 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika);

— 01.04.04 – Fizikaviy elektronika.

Monografiya: Kafedra professor-o‘qituvchilaridan S. Mengyasharova 1 ta monografiya (Talabalarga chekli va cheksiz sohada chegaraviy masala yechishni o‘rgatish metodikasi. 105 bet, 6,5 bosma taboq), O‘. Sultonova 1 ta monografiya (Kompetensiyaviy yondashuv asosida fizika fanini o‘qitish, 194 bet 12,1 bosma taboq nashr etdi.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Umumiy fizika darslik Sultonova Amanov (2023). Umumiy fizikadan labaratoriya to’plami. Sultonova Panjiyev va Poyanova. O’quv qo’llanma (2023)

Issiqlik texnikasi

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta darslik (O’.Sultonova, B. Amonov. Umumiy fizika darslik 31 bosma taboq va O’. Sultonova, A. Eshqorayev. Issiqlik texnikasi 21-bosma taboq ) 1 ta o‘quv qo‘llanma ( F. Poyanova, X. Panjiyev. Umumiy fizika kursidan laboratoriyalar to’plami) va 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma (S. Mingyasharova. Oliy matematikadan misol va masalalar to’plami).

Ilmiy maqolalar:

2023/2024-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 10 ta, Xalqaro jurnallarda 8 ta maqola chop etildi.