“Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonunning mazmun mohiyati jamoatchilikka tushuntirilmoqda
Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi O‘RQ-901-son Qonuni mazmun mohiyatini tushintirish maqsadida oliygoh professor-o’qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to’lash, rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari haqida so’z yuritildi.
