Termiz muhandislik-texnologiya institutida joriy yilning 21-may kuni umumta’lim maktab o‘quvchilariga fizika va matematika fanlari bo‘yicha “REKTOR OLIMPIADASI” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni institut rektori Axmedov O‘ral Choriyevich ochib berdi va o‘quvchi yoshlarning barchasiga omad tiladi.

Tanlovda fizika va matematika fanlaridan shahar va tumanlararo olimpiadalarida o‘rin egallagan 19 ta tuman va shahar maktablaridan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlari uchun o‘quvchilarni institutning Karyera markazida onlayn You-Tube platformasi orqali kuzatib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra fizika fanidan Muzrabod tumani 34-maktab o‘quvchisi Erkinova Sevinch Zokir qizi 39.9 ball bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi,
2-o‘rin Termiz tuman 17-maktab o‘quvchisi Suyunova Sevinch  Tojiddin qizi 37.2  ball bilan egalladi, 3-o‘ringa esa Jarqo‘rg‘on tuman 17-maktab o‘quvchisi Jalg‘ashov Ramazon Jaxongir o‘g‘li 29.2 ball bilan munosib deb topildi.

Matematika fani bo‘yicha Sho‘rchi tuman 33-maktab o‘quvchisi Abduraxmanova Qizlarbas Abdurashid qizi 47.3 ball bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi, 2-o‘rin Oltinsoy tuman 6-maktab o‘quvchisi Berdimurodov Umidjon Bahrom o‘g‘li 44 ball bilan egalladi, 3-o‘ringa esa Angor tuman 13-maktab o‘quvchisi Boyirov Azizbek Erkin o‘g‘li 42.1 ball bilan munosib deb topildi.

Ushbu tanlov yakunida yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchi-yoshlar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan tag‘dirlandilar. Jumladan, ularga 1-o‘rin uchun  televizor, 2-o‘rin uchun chang yutgich hamda 3-o‘rini uchun blendr kabi sovg‘alar bilan topshirildi.