Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti va Termiz muhandislik-texnologiya instituti o’rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha MEMORANDUM imzolandi.
Institut rektori O’.Axmedov hamda SamDAQU rektori Ch.Turkyilmazlar imzolagan ushbu hamkorlik memorandum doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi.
Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish uchun professor-o‘qituvchilarni tayyorlash;
kredit-modul tizimi, akademik almashunuv dasturi asosida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tadbiq etishda o‘zaro tajriba almashish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz oshirib borish;
ilmiy salohiyatni mustahkamlash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish orqali professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
professor-o‘qituvchilarining reytingini, jumladan Scopus va Web of Science xalqaro bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish va reytingi (Xirsh indeksi)ni oshirish;
oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-ilmiy texnik bazalaridan, laboratoriyalaridan hamkorlikda foydalanish samaradorligini oshirish;
xorijiy va mahalliy grant loyihalarida ishtirok etishda hamkorlikni yuqori sifat darajasiga chiqarish.
Shuningdek, ushbu shartnoma Arxitektura, Bino va inshootlar qurilishi, Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish, Yo‘l muhandisligi, Geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham imzolandi deyish mumkin.
Shu bilan birgalikda hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, doimiy ravishda kadrlar almashinuvini yo’lga qo’yishga ham kelishib olinib, institut rektori O’.Axmedov SamDAQU rektori Ch.Turkyilmazlar xonimga institut rahbariyati nomidan vohamizni o’zida aks ettiruvchi sovg’alar ham ulashildi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti Qurilish fakulteti arxitektura ta’lim yo’nalishi talaba-yoshlari ham Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetiga borishdi. Talabalar ushbu oliygoh talabalari, ular ishlagan ishlari hamda o’quv jarayonlari bilan tanishib, o’zaro tajriba almashishdi.
Shu bilan birgalikda institut rektori O’.Axmedov SamDAQU ning o’quv loboratoriya xonalari, talabalarning o’quv mashg’ulotlari, Axborot-resurs markazi, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning faoliyatlari, talabalar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
