Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan institutda tahsil olayotgan iqtidorli, startap loyihalari mavjud hamda startap loyihalarga qiziquvchan talabalar uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi Innovatsion rivojlanish sho’basidan B.Raxmanov, Termiz davlat universiteti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘limi menejeri F.Tursinniyozov, Surxondaryo IT-Park hududiy bosh menejeri (startaplar bo‘yicha)  D.Maxmudov va Axborot texnologiyalar bo’yicha mutaxassis O.Choriyevlar ishtirok etishdi.

Seminarda har bir loyihaning faoliyati uchun qo‘shimcha taklif va tavsiyalar bildirildi.