Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi

Xushboqov Chori Mamarajab o‘g‘li

🗓  Qabul vaqti: Barcha ish kunlari  9:00-12:00

☎️  Telefon: +99899 378-33-45

📨  E-mail: xushboqovchori790@gmail.com

Telegram: +998993783345

INSTITUT AXBOROT XIZMATI FAOLIYATI HAQIDA

Institut faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari (keyingi oʻrinlarda OAV deb yuritiladi), ijtimoiy tarmoqlar, institutning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
 institutda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

institutning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish;
• axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
 OAV bilan samarali hamkorlik qilish, xizmat bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda OAVda vazirlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, OAV va internet tarmogʻida institut faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;

institut bilan birgalikda mahalliy va xorijiy OAV orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
 institut faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy OAVning pozitsiyasini oʻrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʻgʻrisida institut rahbariyatiga axborot berib borish;

institutning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish;