Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʼgʼrisida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjatga koʼra 2022/2023 oʼquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalarida:
oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga koʼra tasdiqlanadi;
bakalavriat yoʼnalishlari boʼyicha masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi;
magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali oʼrtacha koʼrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʼyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon oʼtkazilmaydi.
Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvarь oylarida tashkil etiladi.
2023/2024 oʼquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti boʼyicha tasdiqlanadi.
Talabalar oʼqishini davlat oliy taʼlim muassasalariga koʼchirish boʼyicha quyidagi tartib joriy etilmoqda:
Unga koʼra, davlat oliy taʼlim muassasalariaro talabalar oʼqishini koʼchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʼrtogʼi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʼqishini koʼchirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi oʼzgargan taqdirda uning turmush oʼrtogʼi yoki voyaga yetmagan farzandi oʼqishini koʼchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Maʼlumot oʼrnida, xorijiy mamlakatlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishni koʼchirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.
Shuningdek, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining vakolatlari kengaymoqda. Jumladan, oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
