KAFEDRA MUDIRI:

Sultonova O‘g‘iloy Nabiyevna

🗓 Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba va Juma kuni 14:00 dan 16:00 gacha

☎️ Telefon: +998 88 243 52 54

📨  E-mail:  ogiloysultonova8@gmail.com

Telegram: +998 99 376 52 54

Aniq va tabiiy fanlar kafedrasida 17 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 14 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 3 nafari esa ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilardan 2 nafari PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar assistent o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosidagi professor-o‘qituvchilarning barchasi assistent o‘qituvchilardan iborat.

 

Kafedra tarixi: kafedra 2017-yilda “Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi tashkil topdi. Kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi Q.To‘raev ish boshladi va 2019-yilga qadar faoliyat yuritdi.  2018-yildan kafedra nomi “Aniq va tabiiy fanlar”ga o‘zgartirildi.

2020-yil 3-martdan kafedra mudirasi etib Sultonova O‘g‘iloy Nabievna tayinlandi va hozirgi kungacha faoliyat olib bormoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Kimyoviy texnologiya

Oziq-ovqat texnologiyasi

Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi

Hayot faoliyat xavfsizligi

Texnologik mashinalar va jihozlar

Elektr energetikasi

Marksheyderlik ishi

Konchilik ishi

Geodeziya, kartografiya va kadastr

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

Neft va gaz ishi

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: Matematika, oliy matematika, muhandislar uchun matematika, fizika, qurilishda fizika, muhandislar uchun fizika.

Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilari pedagogika sohasida ilmiy faoliyat olib boradilar: Sultonova O‘.N. “Texnika oliy ta‘lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuv asosida fizika o‘qitish metodikasi” M.Babayeva “Fanlararo aloqadorlik asosida 7-8 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish”; B.Ismoilov “Texnika oliy ta‘lim muassasalarida elektromagnetizm bo‘limini o‘qitish metodikasi”; B.Sakiyeva “Texnika oliy ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish”; N.Islomova “Fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak texnik muhandislarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish”; S.Mingyasharova  “Axborotlashgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari”; F. Payonova “Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusidagi yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Hozirgi kunda kefedrada 2 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta monografiya chop etildi.

Ilmiy maqolalar:

2022/2023 o ‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 20 ta maqola, 28 ta tezislar chop etilgan. Xalqaro jurnallarda 41 ta maqola,  32 ta tezislar chop etilgan chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 14 ta guvohnoma olingan.