Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda.
Mazkur olimpiadada sportning:
- stol tennisi
- voleybol
- mini-futbol
- yengil atletika
- stritbol
- bilimli yoshlar uchun intellektual olimpiadalar tanlovlari o’tkaziladi.
Ushbu sport musobaqalari joriy yilning 21-28-sentabr kunlari guruhlararo fakultet bosqichi;
5-12-oktabr kunlari fakultetlararo institut bosqichi;
19-26-oktabr kunlari OTM lararo hududiy bosqich;
2-5-noyabr kunlari respublika final bosqichlari bo’lib o’tishi belgilangan.
Arizalar 5tashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. “Besh tashabbus” olimpiadasining NIZOMI bilan ushbu havola (https://telegra.ph/Termiz-muhandislik-texnologiya-institutida-tahsil-olayotgan-talaba-yoshlar-diqqatida-09-20) orqali tanishing.
Barcha talaba-yoshlarni “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
