“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida institutda yangi 2023/2024-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Unda institut rekroti O’.Axmedov so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi hamda joriy 2023/2024-o’quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni chin dildan samimiy qutladi.

Shu bilan birgalikda farzandini mazkur oliygohga o’qishga qabul qilinganligidan bag’oyat mamnun bo’lgan, vohamizga Xorazm viloyatidan mehmon bo’lib kelgan ota-onalar ham so’zga chiqib, barcha talaba-yoshlarni bugungi kun bilan tabriklashdi.

Shuningdek, yuqori natijalar ko’rsatib 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar ham so’zga chiqib mazkur oliygohni tanlaganlaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Bizni kuzatib boring