Termiz muhandislik-texnologiya institutida senator bilan davra suhbati tashkil etildi.

Institutda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi O.K.Iminov va institut professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 41-yalpi majlisida ko’rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar va ma’qullangan qonunlar mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbat doirasida yuzaga kelgan savollarga O.Iminov tomonidan qonuniy javob va izohlar berib o’tildi, shuningdek, ilgari surilgan takliflar atroflicha o’rganib chiqilishi yuzasidan institut rahbariyati bilan kelishib olindi.