Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O’.Axmedov oliygohning professor-o’qituvchilariga hamda ishchi-xodimlarga 2022/2023-o’quv yili yakuni bo’yicha kengaytirilgan yig’ilish o’tkazdi.
Unda yakunlanayotgan o’quv yilida korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik, semestr yakunlari bo’yicha talabalarni holis baholash, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, ularga to’g’ri yo’nalish berish, yakuniy davlat attestatsiyalarini adolatli va shaffof tarzda o’tkazish, 2023/2024-o’quv yili qabul jarayonlariga e’tiborli bo’lish borasida so’z yuritildi.
Yig’ilishda so’z olganlar ham o’zlarining fikrlarini bildirib, taklif va mulohazalarini aytib o’tishdi.
Kengaytirilgan mazkur yig’ilish yakunida rektor barcha professor-o’qituvchilarni va ishchi-xodimlarni birgalikda faol bo’lib ishlashga chaqirdi.
