Termiz muhandislik-texnologiya institutida 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini qurish boʻyicha “ALL SOLAR”MCHJ korxonasi tomonidan talabalar turar joyi uchun 22 dona hajmli 4400 litrlik quyosh suv isitish qurilmalari hamda 1-o‘quv binosi uchun 2 dona 400 litrlik quyosh suv isitish qurilmasi shu bilan birgalikda 660 mln soʻm qiymatda soatiga 60 kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.
Joriy 2023-yilda “AXMADJON BOBO SHOKIRALI OK” bilan 130 kVtlik quyosh paneli sotib olish uchun 829 mln so‘mga 131336-sonli shartnoma imzolandi va ushbu korxona xodimlari tomonidan quyosh panellarini olib kelib institutning 1-o‘quv binosi tom qismiga 720 m2 60 kVtlik quyosh fotoelektr stansiyasi va talabalar turar joyi binosining tom qismiga 800 m2 maydonga 70 kVtlik, jami 130 kVtlik quyosh panellari o‘rnatildi.
Bundan tashqari, joriy yilda 130 kVtlik quyosh fotoelektr stansiyasi 1520 m2 maydonga o‘rnatilishi va institutning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji o‘rni to‘ldirilishi ko’zda tutilgan.
Institutning Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’rnatilgan quyosh panellarini changdan suv bilan avtomatik tozalash yo’lga qo’yildi.
