Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektoriga biriktirilgan Denov tumanida yashovchi yoshlar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatildi
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o’rganish bo’yicha berilgan topshiriqlariga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedovga Denov tumanidan 50 nafar yoshlar biriktirilganligidan xabaringiz bor.
Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Denov tumanidagi yoshlar holidan uchinchi marotaba yana xabar olindi hamda mavjud imkoniyatlarini to’g’ri baholagan holda ularning istaklarini inobatga olib tegishli moddiy yordamlar ko’rsatildi.
Xususan, Denov tumanining O‘shor, Dashtichinor, Vodiy, Qovunlisoy, Istiqbol, Cho‘ntosh va Yangi kuch MFYlarida yashovchi imkoniyati cheklangan yoshlarning 50 nafari bilan institut rektori O‘.Axmedov uchinchi marotaba uchrashib, mazkur yo’nalishda bajarilayotgan ishlarni monitoring qildi va keyingi bosqichda ushbu yoshlarning hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlari, jamiyatdagi faolligini oshirish orqali moddiy manfaatdorligini yanada yaxshilash uchun bir qator ishlarni amalga oshirdi.
Jumladan, tumanning Vodiy MFYda yashovchi yoshlardan: 1)Ergashev Nodirbek davolanishi va sog‘ligini tiklashi uchun tumandagi «Mehrigiyoh Davo» davolanish maskaniga sog’ligini mustahkamlash uchun joylashtirildi.
2)Nabixonova Xamidaxon esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy unga tegishli dori-darmonlar olib berildi, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda to‘quvchilik va tasviriy san’at sohalariga shogirdlikka qo‘yildi hamda institutning Arxitektura yo‘nalishi 2-kursida tahsil olayotgan Denov tumanida talaba-qizga rasm chizishni o‘rgatish bo‘yicha biriktirildi.
3) Hasanboyev Muhammadaliga esa kompyuter xizmtalarini yo‘lga qo‘yishi uchun printer taqdim qilindi. Ushbu talabaga uyiga yaqin bo’lgan Denov tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi hududidan joy olib, o‘zining xizmat ko‘rsatish shaxobchasini yo‘lga qo‘yishi uchun tegishli mas’ullar bilan ishlar olib borilmoqda.
4) Ubaydullayeva Muqaddas o‘qishini Tojikistondan O‘zbekistonga ko‘chirishda amaliy yordam so‘ragani uchun, o’qishni ko’chirish uchun o’tkaziladigan test sinovlarida yetarli balni to’plash uchun malakali matematika fani o’qituvchisiga qo’shimcha mashg’ulotlarga (repititorga) jalb etildi.
5) Turobova Nargiza kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi va zaruriy dori-darmonlar yetkazildi.
6)Jumayeva Mushtariy oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishi va qo‘shimcha fanlardan tayyorgarlik ko‘rish uchun rus tili, ona tili fanlaridan o‘quv markaziga mashg’ulotlarga (repititorlarga) jalb qilindi va to‘lovlari amalga oshirildi.
7) Muyidsinov Bilolbek ko’z kasalliklari bo’yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi va zaruriy dori-darmonlar yetkazildi.
8) Omonova Nodiraxon Yurchi o’smirlar poliklinikasidan tibbiy ko‘rikdan o’tkazilib, shifokor tomonidan Termiz shahridagi viloyat bolalar shifoxonasida yotib davolanishi ko’zda tutildi.
9) Mamadaliyev Saloxiddin — Sho’rchi ko’zi ojizkar maktab-interntida o’qishda va tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi va zaruriy dori-darmonlar yetkazildi.
10) Mamadaliyava Sarvinoz, Shaymardonov Husan va Norboboyeva Muxlisa — holidan xabar olindi hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
11) Murodova Mubina — Tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va Termiz shahridagi endokrinologiya shifoxonasida davolanishi rejalashtirildi.
12) Asatova Qorqiz — Tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi va zaruriy dori-darmonlar yetkazildi.
Cho‘ntosh MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Haydarov Mahmud — matematika, Abdurashidov Baxodir — ingliz tili fanidan qo’shimcha mashg’ulotlarga (repititorga) jalb etildi. Abdurashidov Baxodirga moliyaviy ko’mak berildi.
O‘shor MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Ro‘ziboyev Tohirga o‘z yeri va bog‘ida dehqonchilik ishlarini amalga oshirishi va o‘zini-o‘zi band qilishi hamda qo’shimcha daromad topishi uchun motokultivator berildi.
2) Azamov Eraliga esa chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 2 bosh echki 3 ta uloqlari bilan taqdim qilindi.
3) Xo‘jayev Islom kompyuter sohasiga qiziqish bildirgani va kelajakda o‘sha sohada oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgani uchun noutbuk topshirildi.
4) Qudratov Bekzod, Xudoynazarova Durdonaga sog‘ligini tiklashi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, dori-darmon olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.
5) Haitqulov Jahongir — Tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi, Termiz shahridagi shifoxonada 10 kunlik davolanish kursi tashkil qilindi va zaruriy dori darmonlar olib berilib davolanib chiqdi.
Dashtichinor MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Mo‘minova Mag‘rubaga oilaviy sharoiti og‘irligini hisobga olib, moddiy yordam ko‘rsatildi.
Istiqbol MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Boboyev Jasur — Tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga amaliy yordam ko‘rsatildi va shifokorning zaruriy ko’rsatmalarini oldi.
Qovunlisoy MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Aminov Mansurjon va Maqsadaliyev Ikromga chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun har biriga 2 boshdan qo‘y berildi.
2) Axmadjonov Ilxomjonga ham dehqonchilik faoliyati orqali o‘zini o‘zi band qilishi uchun motokultivator berildi.
Yangi kuch MFYda yashovchi yoshlardan:
1) Xayitmurodov O‘tkirga poyabzal ta’mirlash ishlari va kosibchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun to‘liq ravishda kosibchilik anjom va jihozlari taqdim qilindi va kosibchilik hunarini mukammal o’rganishi uchun tuman markazidagi malakali usta kosiblarga shogird sifatida biriktirildi.
Shu bilan birgalikda mazkur yoshlar holidan xabar olish jarayonlarida ularga berilgan tikuv mashinalari va elektr pechlaridan samarali foydalanilayotganlik holati yuzasidan monitoring qilindi.
Shuningdek, qolgan yoshlarning ham qiziqishlari va imkoniyatlari, mavjud muammolari atroflicha o’rganib chiqilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.
