Termiz muhandislik — texnologiya instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o’rtasida «Milliy o’yinlar — salomatlik garovi» shiori ostida «Etnosport» musobaqalari tashkil etildi.
Milliy sport o’yinlaridan «Arqon tortish», «Kurash», «Mushuk — sichqon»,»Oq terakmi ko’k terak», «Besh tosh», «Arqondan sakrash» kabi turlari bo’yicha fakultetlar aro qizlar jamoalari bellashdilar.
Ushbu tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad milliy o’yinlarimizni targ’ib qilish, qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
