Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar “Yulduz” MFYda joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo’lib, o‘quvchilarga “Sharq mutafakkirlarining kasb tanlash va kasb-hunarga yo‘naltirish haqidagi qarashlari” mavzusida tarbiyaviy dars o‘tdi.

Shuningdek maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga institutdagi ta’lim yo‘nalishlari va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birgalikda o’quvchilarni Termiz muhandislik-texnologiya institutiga taklif qilib mavjud ta’lim yo’nalishlarida tashkil etilgan o’quv jarayonlari bilan tanishishi mumkinligi tushuntirdi.