Qurilish va irrigatsiya fakulteti
Dekan
Butayarov Abduqodir Tuxtayevich
Qabul vaqti: Har kuni soat 14:00-16:00
Telefon: +99890 073 03 20
📨 Email: atbutayarov@gmail.com
Xodimlar
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Mamayusupov Abbos Nurqobilovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: +99899 126 90 28
📨 Email: bekmurodov.umid@mail.ru
Telegram:+99899-126-90-28
Fakultetda bugungi kunda quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
Yo‘l muhandisligi,
Ijtimoiy-gumanitar fanlar,
Bino va inshoatlar qurilishi, kafedralari.
Fakultet tarkibida bugungi kunda 54 nafar, professor-o‘qituvchilar (shundan 8 nafari ilmiy darajali dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.
Fakultet tarixi
Fakultet Qurilish va irrigatsiya nomi 2017-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PD-30-son qarori bilan Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilgan, “Energetika va transport tizimlari” fakultet negizidan Qurilish fakulteti tashkil etildi. 2024-yil 18-iyul kunidagi PQ-265-sonli Prezident qaroriga asosan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilib, hozirda fakultet “Qurilish va irrigatsiya” nomi bilan o‘zgartirildi. Fakultetda 12 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
O‘quv jarayoni
Qurilish va irrigatsiya fakultetida bugungi kunda Yo‘l muhandisligi, Arxitektura, Bino va inshootlar qurilishi, Suv xo‘jaligi melioratsiyasi, Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obektlari, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari, Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, Kadastr, Qurilish muhandisligi, Geodeziya va geoinformatika, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi, Geodeziya, kartografiya va kadastr, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.
Talabalar kontingenti
Fakultetda jami 1834 nafar talaba ta’lim olmoqda. Shundan: kunduzgi ta’lim shaklida 998 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 834 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 212 nafar qizlar va 1720 nafari o‘gil bolalarni tashkil qiladi. Fakultetda ustoz-shogird an’anasiga amal qilingan holda ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar 35 nafar iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilmoqda.
