Institutning Sanoat texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalarning ota-onalari bilan institut rektori O‘.Axmedov hamda mas’ul prorektorlar va fakultet dekani ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarning ota-onalariga institut haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birgalikda institut ichki odob –axloq qoidalari, o‘quv jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan tadbirlar haqida tushuntirish berib o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda ularga javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoat ishlarida faol bo‘lgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.
