Xabaringiz bor institut rahbariyati talabalar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ’ib qilish maqsadida «Bir talabaga bir kitob» shiori ostida joriy yilning 7-fevralidan 7-martgacha eng yaxshi kitobxon oyligi o’tkazishini ma’lum qilgan edik.
Ushbu oylik doirasida institut rektori O’.Axmedov ham talabalar turar joyiga borib o’zi tavsiya etgan badiiy hamda o’quv adabiyotlarni talabalarga sovg’a qildi.
