Termiz muhandislik-texnologiya instituti Kimyoviy texnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Muzrabot tumani xalq ta’lim bo‘limida “Kimyo fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusida seminar tashkil etishdi.
Mazkur seminar davomida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini tuzish usullari mavzularida institut professor-o‘qituvchilari ma’lumot berishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘tkazilayotgan seminarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilmoqda.
