Termiz muhandislik-texnologiya institutida shoira Zulfiyaxonim tavalluddining 108 yilligi munosabati bilan she’riyat ixlosmandlari ishtirokida «Zulfiyaxonim izdoshlari» nomli she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, fakultetlar xotin-qizlar maslahat Kengashi a’zolari tomonidan «Zulfiya baxt va bahor kuychisi» nomli adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni institut xotin –qizlar maslahat Kengashi raisi B. Shukurova ochib berdi. Shu bilan birgalikda Zulfiyaxonim ijodiga qiziquvchi talaba-qizlar shoiraning she’rlari asosida mushoira bahslarini o‘tkazishdi.
Bizni kuzatib boring
