Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
Kodirov Axmadjon Abduraufovich
Qabul vaqti: Juma (soat 10:00–16:00)
Telefon: +998936095353
Telegram: @axmadjon_90
Bo‘limning maqsadi:
Bo‘limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlantirish maqsadida respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) larini tayyorlash orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish, vazirlik tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy, innovatsion loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil qilish;
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;
yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.
Bo‘limning huquq va majburiyatlari:
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarini barcha sohalardagi ilmiy-amaliy va texnik muammolarning ilg‘or va noananaviy yechimlarini izlab topishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
kafedra professor-o‘qituvchilari ish rejalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari tuzilishini hamda ularning kunning ikkinchi yarmida bajarilishini nazorat qilib borish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini o‘z vaqtida tuzishlarini va ularning ijrosini nazorat qilib borish;
ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkaziladigan kafedra majlislarida va fakultet ilmiy kengashlarida ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yuzasidan o‘rnatilgan shakllarda joriy va yillik hisobotlarni vazirlikka belgilangan muddatda topshirish;
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha e’lonlarni respublika ommaviy axborot vositalarida (OAV) e’lon qilib borish;
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayonini yuqori saviyada o‘tkazish;
bo‘lim tomonidan professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqotlar olib borishlarida uslubiy yordam ko‘rsatish. Shuningdek, ilmiy ish natijalari bo‘yicha hisobotlarning o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilib borish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini OAK byulletenida chop etilishini tashkil etish.
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining egallagan lavozimi bo‘yicha funksional vazifalari:
Bo‘lim boshlig‘i
Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni bajaradi:
-bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi;
-o‘z faoliyatiga oid yillik ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosi bo‘yicha hisobotlar shakllantiradi;
— ilmiy-tadqiqot ishlarini tasdiqlangan dasturlar asosida o‘z vaqtida, sifatli, samarali qilib bajarilishini ta’minlaydi;
— ilmiy-tadqiqot ishlarining hisobotini va ularning natijalarini xalq xo‘jaligiga joriy qilinishini, hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishini xisobga olib, nazorat qiladi;
— ilmiy-tadqiqot ishlarini axborotlar bilan ta’minlaydi;
— ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash, bu mablag‘larni maqsadli samarali sarflanishini nazorat qiladi;
-mustaqil tadqiqotchi, tayanch doktorantura va doktorantura faoliyatini muvofiqlashtiradi;
— yuqori tashkilotlardan kelgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydi;
— ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va sifatini oshirish, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash yo‘lida qonun doirasida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilgan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
