YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Xayrullayev Ibodullo Sunnatullayevich
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)
☎️ Telefon: +998 (76) 221-94-76
📨 E-mail: ibodullo.xayrullayev_istedod@mail.ru
Telegram: +99890 522 49 49
Bo‘limning maqsadi:
- talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- psixo-estetik dunyoqarashni kengaytirish;
- fikrlashni takomillashtirish;
- yoshlarni dunyoqarashiga salbiy ta’sir etuvchi turli “ommaviy madaniyat” xurujlaridan asrash;
- yoshlarni vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
- talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
- talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
- talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
- talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
- talaba-yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
- talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Bo‘lim vazifalari:
- universitetda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish;
- talabalarda ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy-huquqiy, ezgu fazilatlarni shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni yanada mustahkamlash maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, madaniy tadbirlarni tashkil etish.
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat va shahar bo‘limlari hamda hamkor jamoat tashkilotlari bilan ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko’maklashish ishlarini tizimli tashkil etish.
