Xorijiy OTMlar, tashkilotlardan kelgan vakillar:
2022-yilning 18-fevraldan boshlab K.I.Satpayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqotlar universiteti assistent-professori Balgayev Nurjan Ergenovich 2021-2022 o‘quv yili uchun institut Elektr energetikasi kafedrasida talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.
2022-yilning 2-aprel kuni institutga Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yu.Golubev boshchiligidagi universitet vakillari tashrif buyurishdi.
Yu. Golubev institut rahbariyatiga Polotsk davlat universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, magistratura, doktarantura, institutning xalqaro aloqalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati hamda Polotsk davlat universiteti vakillari bilan yaqin samimiy suhbat olib borilib, suhbat davomida institut bilan universitet o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2022-yilning 20-aprel kuni institutda Belarus Respublikasi Vitebsk davlat texnologiya universiteti Marketing va xalqaro hamkorlik markazi rahbari Romanovich Elena Sergeevna boshchiligidagi universitet vakillari bilan onlayn (masovaviy) shaklda muloqat davomida olib borildi. Institut rahbariyati hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro loyihalar qo‘shma dastur hamda professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish stajirovkalarini tashkil etish masalalar yuzasidan kelishib olindi.
2022-yillning 21-aprel kuni institutga Qozog‘iston Respublikasi Milliy muhandislik akademiyasi akademigi, Aqmalai uly Kenzhebek hamda mazkur universitetning arxitektura kafedrasi, dotsenti Maulenova Gulnora Juparbekovnalar boshchiligidagi universitet vakillari tashrif buyurishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Qozog‘iston davlat texnika universitetining tajribasidan namuna sifatida foydalanish hamda o‘quv rejalarni ishlab chiqish, xalqaro top 1000 talik reytingga kirish bo‘yicha qilinadigan ishlarda unviersitet tajribasidan foydalanish, talabalar bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil qilish bo‘yicha ham kelishib olindi.
Qozog‘iston Respublikasi Milliy muhandislik akademiyasi akademigi, Aqmalai uly Kenzhebek hamda mazkur universitetning arxitektura kafedrasi, dotsenti Maulenova Gulnora Juparbekovnalar Institut transport inshootlari va avtomobil yo‘llari kafedrasida dars mashg‘ulotlarini olib bordi.
O‘zekspomarkaz markaziy ko‘rgazmalar majmuida o‘tkazilgan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida institut va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti o‘rtasida yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2022- yilning 22-iyul kuni institutga Vengriya davlatining Agriculture and Life Sciences universiteti vakili Dr.Laszlo Peter tashrif buyurdi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti-Times Higher Education agentligining World University Rankings-2023 reytingda “reporter” maqomida qayd etildi shu bilan birga TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar sifatida etirof etildi.
2022-yil 18-oktabrdan Qozon davlat energetika universiteti “Elektrotexnik majmualar va komplekslar” kafedrasi dotsenti Khusnutdinov Azat “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasida talabalarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.
2022-yil 29-30-noyabr kunlari institutda “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo‘lib bo‘ldi.
2022-yilning 15-dekabrda I.Satpayev nomidagi Qozog‘iston davlat texnika universiteti professori, Qozog‘iston Respublikasi Milliy muhandislik akademiyasi akademigi Aqmalai uly Kenzhebek hamda M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti qoshidagi “Qurilish materiallari, qurilish va arxitektura” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori, Qozog‘iston Respublikasi Milliy Tog‘-kon akademiyasi akademigi Sarsenbaev Baqitjan institut dars mashg‘ulotlarga jalb qilindi hamda institut tashkil etilgan “Respulika janubida elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumanda ishtirok etishdi.
