Institut professor-o‘qituvchilarini xorijda stajirovka, malaka oshirish va xizmat safarlar bo‘yicha
Institut “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti” Kimyo va ekologiya kafedrasi assistenti Ermurodova Nilufar Abdusamatovna Rossiya Federatsiyasisining Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetiga 2-mart sanasidan 24-aprel sanasiga qadar stajirovka o‘tadi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Urozov Mustafoqul Qulto‘raevich Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti va Innopolis universitetlarida 2022-yil 24-maydan 2022 yil 7-iyunga qadar stajirovka o‘tadi.
Institut “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti” Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiya kafedrasi assistenti Bo‘riyev Hakim Avazovich Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetida 2022-yilling 1-iyundan 1- iyulga qadar stajirovka o‘tadi.
Institut “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti” Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi assistenti Abduraxmonov Olim Shoyqulovich Belarus respublikasining Vitebsk Davlat texnologiyalar universitetida 2022-yilning 24-iyundan 10-iyulga qadar qisqa muddat stajirovka o‘tadi.
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri Ochildiev Otabek Shodievich hamda Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyasi kafedrasi assistenti Qodirov Jumanazar O‘rol O‘g‘ilni Belarus Respublikasining Polotsk davlat universitetiga 2022-yilning 25-oktabrdan 24-noyabrgacha stajirovka o‘tadi.
Institutning Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti Eshqurbonov Furqat Bozorovich 2022-yil 23-oktabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori molekular birikmalar kimyosi tadqiqot institutida tashkil etilgan “Polimer kimyosining zamonaviy muammolari” nomli yosh olimlarning XVI-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Urozov Mustafoqul Qulturaevich, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sakbaeva Vitaliy Vladimirovna, kafedra assistenti Raxmatova Shohista Maxmatqobilovna hamda Anik va tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Sakieva Barchinoy Botirovnalarni Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston davlat universitetiga 2022-yilning 12-dekabrdan 16-dekabrgacha qisqa muddatga xizmat safarida bo‘ldi.
Talabalarning xorijiy safarlari
2022-yilning iyul oyida institut iqtidorli talabalaridan Bozorov Abdullo Chori o‘g‘li hamda Ismoilova Mahliyo Ismailovnalar Rossiya fedratsiyasining Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetida tashkil etilgan “YOZGI UNIVERSITET 2022” loyihasida ishtirok etishdi.
2022-yilning iyul-avgust oylarida institutning 15 nafar talabalari Work and travel (ish va sayohat) dasturi asosida Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lishdi.
