Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i
Kichkilova Matluba Xamzayevna
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 14:00–17:00)
Telefon: +998 99 715 11 01
📨 E-mail: mkickilova@gmail.com
Telegram: +998 99 715 11 01
Bo‘limning maqsadi:
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad:
Тegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;
Talabalarining ilmiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari:
Oliy ta’lim muassasalaridagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;
Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
Innovatsion loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;
Iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
Oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirish;
Bo‘limning vazifalari:
— iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
— ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
— iqtidorli talabalarning moilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
— fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
— iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalar chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;
— iqtidorli talabalarni respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
— iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
— iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
— fan olimpiadalariga talabalarni jalb etish va o’tkazish.
Bo‘limning huquq va majburiyatlari:
Termiz muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarini barcha sohalardagi ilmiy-amaliy va texnik muammolarning ilg‘or va noananaviy yechimlarini izlab topishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
kafedra professor-o‘qituvchilari ish rejalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari tuzilishini hamda ularning kunning ikkinchi yarmida bajarilishini nazorat qilib borish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini o‘z vaqtida tuzishlarini va ularning ijrosini nazorat qilib borish;
ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkaziladigan kafedra majlislarida va fakultet ilmiy kengashlarida ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yuzasidan o‘rnatilgan shakllarda joriy va yillik hisobotlarni vazirlikka belgilangan muddatda topshirish;
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha e’lonlarni respublika ommaviy axborot vositalarida (OAV) e’lon qilib borish;
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayonini yuqori saviyada o‘tkazish;
bo‘lim tomonidan professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqotlar olib borishlarida uslubiy yordam ko‘rsatish. Shuningdek, ilmiy ish natijalari bo‘yicha hisobotlarning o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilib borish;
tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini OAK byulletenida chop etilishini tashkil etish.
