Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
Karimov Shamsiddin Isoqovich
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)
Telefon: +998 97-554-32-4
Telegramm bot: @TerDMAU_Antikorrupsiya_bot Telegramm: +998 97-554-32-45
Boʼlim oʼz vakolati doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
— institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
-oliy taʼlim tizimida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
-institutda korrupsiyaga qarshi kurash «Komplayens nazorat» tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
-institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bulgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
-institutda korrupsiya ko’rinishlari namoyon boʼlishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish boʼyicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
— institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash;
-institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini oʼrganish hamda ilg’or jihatlarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
-institutda korrupsiyaning holati, tendentsiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko’rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
-institut huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo’nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bo’lim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
-institut muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hayʼati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
— korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to’liq, sifatli va oʼz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini oʼrganadi, natijalari bo’yicha maʼlumotlar tayyorlaydi;
-institutda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi
Kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati
Mamlakatimizda 2008-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tlmonidan 2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi natijasida davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirildi.
Jumladan, 2017-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilingani ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari mustahkamlandi. Ushbu Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi belgilab berilgan. Hozirga qadar mazkur Qonunga besh marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ayniqsa, 2021-yil 18-noyabrdagi Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi va uning hududiy kengashlari vakolatlariga oid normalar bilan to‘ldirilishi ushbu tuzilmalar faoliyatini qonun darajasida mustahkamladi. Qisqa qilib aytganda, mazkur Qonun davlatning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini qonun darajasida mustahkamladi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yagona tizimga soldi. Ushbu Qonun qabul qilingunga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida belgilangan qilmish uchun javobgarlikni ta’minlash nuqtai nazaridan talqin qilingan bo‘lsa, ushbu Qonun mazkur illatga qarshi kurashishga kompleks yondashuvni shakllantirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan 4 ta muhim omilga, ya’ni qonun ustunligini ta’minlash; korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish; institusional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liq. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”.
Darqaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat huquqiy javobgarlikni belgilashdan iborat emas. Buning uchun, qonun ustunligini ta’minlaydigan mexanizmlarni kuchaytirish va davlat organlarining institusional salohiyatini ham kuchaytirish zarur. Qonunda birinchi marta korrupsiya atamasiga huquqiy ta’rif berildi. Unga ko‘ra, korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish ekanligi belgilandi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlari belgilanishi qatorida, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga oid normalar belgilandi. Ilk marotaba, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani amalga oshirishga oid vazifalar ifoda etildi.
Shu bilan birga, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi amalga oshiradigan vazifalari belgilab berildi. Ushbu Qonun normalarini hayotga tatbiq etish jamiyatdagi barcha sog‘lom kuchlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga safarbar qilishni talab etmoqda. Shuningdek, jamiyatning alohida tarmoqlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida dasturlar va ichki siyosatlarni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
