Joriy yilning 8-iyun kuni institut rektori O’.Axmedov institutning 1-kurs magistrantlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori, magistratura bo’lim boshlig’i, ilmiy rahbarlar, mas’ul kafedra mudirlari hamda magistrantlar ishtirok etdi.

 Uchrashuv davomida:

magistrantlar ish rejasinining Nizom talablari asosida yuritilib borilishini nazoratga olish;

yetakchi va tayanch oliy ta’lim muassasalaridan, ilmiy tadqiqot muassasalaridan ilmiy rahbarlikka jalb qilingan malakali kadrlar bilan ilmiy izlanishlarni tizimli ravishda olib borish;

kafedradagi o’quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilish holatini tahlil qilgan holda o’rganib borish;

 muntazam kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, pedagogik ko’nikmalarini boyitish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Shuning bilan bir qatorda, magistrantlar xorijda va respublikamizda tashkil etib kelinayotgan anjumanlarda doimiy ishtirok etib borishi;

dissertatsiyaning adabiyotlar tahlili qismini Toshkent shahridagi ilmiy kutubxonalar fondidan foydalangan holda boyitib borish;

dissertatsiyada labarotoriya qismi mavjud bo’lgan talabalar respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarning labarotoriyalaridan foydalanishi kerakligi ta’kidlab o’tildi.

Uchrashuv so’ngida magistratura bo’lim boshlig’i, mas’ul kafedra mudirlari magistrantlarning dissertatsiya mavzularining tayyorgarlik holati to’g’risida ma’lumot berdi. Shundan so’ng, magistrantlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi