KAFEDRA MUDIRI: t.f.f.d. Karimov Maxmud Raxmatovich Telefon: (97) 785-52-25 E-mail: maxmudraxmatovich@rambler.ru
KAFEDRA TARIXI:
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 29.06.2017 yildagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tuzilmasi tasdiqlangan.
Tuzilmaga asosan “Qurilish va transport tizimlari” fakulteti tarkibida “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. 2019-yil “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi tarkibidan “Transport tizimlari va texnologik mashinalar” kafedrasi ajralib chiqqan, kafedra mudiri bo`lib Sh.Abdiqodirov tayinlangan. “Transport inshootlari va avtomobil yo’llari” kafedrasi 2020 yilda tashkil etildi. Transport inshootlari va avtomobil yo’llari kafedrasi mudiri etib M.Karimov tayinlandi.
Transport inshootlari va avtomobil yo’llari kafedrasida asosiy shtatda 11 nafar professor-o’qituvchi bo’lib, shulardan 1 PhD (texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori), 2 nafari katta o’qituvchi va 8 nafari assistent o’qituvchi lavozimlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada o’quv ishlari bo’yicha R.Odinayev, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha X.Narzullayev, maktab va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha F.Po’latov, o`quv to`garaklari ishlari bo`yicha R.Qulmamatov, ilmiy ishlar bo`yicha U.Eshquvvatovlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra ta’lim yo’nalishlari:
5340600- Transport inshoatlari ekspluatatsiyasi
5340800- Avtomobil yo’llari va aerodromlar
5340600- Yo’l muhandisligi
5340200- Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)
5340500- Qurilish materallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
5340100- Arxitektura (turlari bo’yicha)
Kafedrada o’tiladgan fanlar:
1.Avtomagistrallar va pulli yo’llar
- Avtombil yo’llari qurilishida zamonaviy materiallarni qo’llash
- Avtomobil yo’llari qidiruvi va loyihalash
- Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnolgiyalari
- Avtomobil yo’llari arxitekturasi
- Avtomobil yo’llari va shahar ko’chalarida harakat xavfsizligini tashkil etish
- Avtomobil yo’llari va shaharsozlik meyyoriy hujjatlari
- Avtomobil yo’llarini qurish
- Avtomobil yo’llarini loyihalash
- Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish va jihozlash
- Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari
- Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiyasi qilish
- Avtomobil yo’llarining qurilish materiallari va ularni ishlab chiqarish
- Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari
- Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
- Arxitekturaviy qalamtasvir,rangtasvir va haykaltaroshlik
- Aerodromlar loyihalsh,qurish va ekspluatatsiya qilish
- Geodeziya
- Geodeziya asoslari
- Yo’l qurilishida sifat nazorati
- Ko’priklar va transport tonnellarini loyihalash,qurish va ekspluatatsiya qilish
- Ko’priklar, tunnellar va yo’l o’tkazgichlarni loyihalash,qurish va ekspluatatsiya qilish
- Qurilish mexanikasi va konstruksiyalari
- Qurilish maxanikasi
- Muxandislik geologiyasi va gruntlar mexanikasi
- Muxandislik geologiyasi va gruntlar mexanikasi,zamin va poydevorlar
- Qurilishda metrologiya,standartlashtirish va sifat nazorati
Kafedra professor-o’qituvchilari:
- t.f.f.d. Karimov Maxmud Raxmatovich
- katta o’qituvchi Odinayev Rustam Qurbonaliyevich
- assistent Po’latov G’ofur Ergashovich
- assistant Tashpo’latova Gulzoda Kadirovna
- assistant Amonov Zokir Choriyevich
- assistant Odinayev Rustam Qurbonalievich
- assistant Yeshquvvatov Ulug’bek Abdulla o’g’li
- assistant Yugayev Shavkat Mansunovich
- assistant Qulmamatov Romazon Juma o’g’li
- assistant Narzullayev Xurshid Saydullayevich
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedraning ilmiy tadqiqot yo’nalishi — M.Karimov “Takomillashgan urug’ tozalash mashinasi ishlab chiqish va klaster va fermer xo’jaliklariga joriy etish”,
R. Odinayev “Respublikamiz issiq iqlim hududlarida bitum emulsiyasini tadbiq etish ta’mirlash ishlarini samaradorligini oshirish”, M.To’raxonov “Surxondaryo viloyatida mahalliy kramzit materiallarini avtomobil yo’llarida qo’llaniladigan yengil-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishga qo’llash” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KRGAN LMIY ISHLAR
1.Odinayev Rustam Qurbonaliyevich- EPRA International journal of Multidisciplinary Research (JMR) Volume 6, Issue 10, October, 2020 ISSN: 2455-3662 (Online) (SJIF)7.032(ISI)1.188
2.S.M.Tilakov, R.Q.Odinayev, S.N.Yadgarov, M.I.Turakhanov- Technology f Bitumen Emulsion Research on Road Repair in Hot Climates Volume 7, Issue 7, July 2020 ISSN: 2350-0328
3.L.Sh.Qayumova, U.B.Bekmurodov, G’.E.Po’latov- Internation on integrated education
4.S.M.Tilakov, U.A.Eshquvvatov, Z.Ch.Amanov, G.K.Tashpo’latova- An Internation Multdsciplinary Research
5.Eshquvvatov Erkin Baratovich- Structural Properties of Special Concrete Property Volume 18, November 2021 ISSN (E):2694-9979
6.Qayumova Lobar Shodimurodovna- IMITATION MODELING IN ORGANIZING F PRODUCTION PRAC E-ISSN NO:-2349-0721
INTERNATIONAL ENGINEERING JOURNAL FOR RESEARCH-DEVELOPMENT Volume 5, ISSUE 7, E-SSN NO:2349-0721
7.M.Toshboltayev, M.Karimov, K.Razhabboy, M.Mamatqulova- To Study Motion of the Grain Mixture on Sieve Surface Volume 7,
Issue 3, March 2020 ISSN: 2350-0328
- S.M.Tilakov, U.A.Eshquvvatov, Z.Ch.Amanov-MODERN TECHNOLOGIES TO INCREASE THE EFFICIENCY OF ROAD REPAIRS This certificate was issued on December 3, 2020 and may be verified on the SNAS website using the verification code 4BA8-EB87-59B6-OBA4-22EF.
9.SH.M.Yugayev, Z.CH.Amanov, R.J.Qulmamatov- Improvement of asphalt pavements during construction and repair, taking into account foreign experience 22.02.2022 yil
10.Tashpo’latova Gulzoda Kadirovna- Roads And Road Safety In Volume 5, of Texas Journal of Multidisciplinary Studies. 10.02.2022 ISSN Online:2770-0003
- IV. Tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘yicha
“Transport inshootlari va avtomobil yo‘llari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari L.Qayumova va G.Tashpo‘latova Jarqo‘rg‘on tumanining “Polvonlar yurti” mahallasiga biriktirilgan bo‘lib, ular 29 aprel kuni yana tashrif buyurishdi va mahallalarda tadbirlar o‘tkazib, mahalla faollari bilan uchrashdilar va mahalla fuqarolar yig‘ini haqida, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari to‘g‘risida, demografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida, aholining milliy tarkibi, aholining ijtimoiy holati, aholi bandligi, mahalladan to‘garaklarga jalb etilgan yoshlar va ayollarning umumiy ro‘yxati, telefon raqami to‘g‘risida, har bir to‘garak bo‘yicha va to‘garakni o‘tuvchi ma’sul va unga biriktirilgan maxallaning uyushmagan yoshlari va ayollari, to‘garak o‘tish manzili va mashg‘ulot to‘g‘risida, mahalla bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni tashkil etishga jalb etilgan o‘qituvchilar va iqtidorli faol talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlar konsert, musobaqa, davra suhbati to‘g‘risida 5 muhim tashabbusni keng tarib qilish mahallada ma’naviy muhit holatini yaxshilash, o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga qiziqtirish, ma’naviy – ma’rifiy ishlariga ko‘maklashishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Ustoz-shogird va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan. “Transport inshootlari va avtomobil yo‘llari” kafedrasining 6-18 va 7-18 guruhlari tomonidan birinchi tashabbus yani musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlari bo‘yicha tadbirlar tashkil yetdilar. Tadbirda talabalar tomonidan musiqalar, sherlar, chizilgan sur’atlar, turli hil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida kafedra mudiri M.Karimov 5 muhim tashabbus byicha talaba yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tdi va talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turli to‘garaklar va soxalarga qizishlarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Monografiyalar:
K.D.Astanaqulov, U.Ch.Eshkaraev, M.R.Karimov “Maxsar moyli ekini urug’ini dastlabki tozalash mashinasining ilmiy-texnik asoslari «Innovatsiyon rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Tashkent-2020.
Transport inshootlari va avtomobil yo`llari kafedrasi faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot
KAFEDRA MUDIRI FIO: Karimov Maxmud Raxmatovich Qabul vaqti:900 dan 1100 Telefon:(97) 785 52 25 E-mail:maxmudkarimov@rambler.ru
