KAFEDRA MUDIRI :

Abdiqodirov Shavkat Abdixomidovoch

🗓 Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha

☎️  Telefon: +998973502677

📨  E-mail: shavkatabdiqodirov@mail.ru

Telegram - Free social media icons  Telegram: +998973502677

“Transport muhandisligi va logistikasi kafedrasi”da 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 20 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 9 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 2 nafar DSc, 4 nafar dotsent, 3 nafar (PhD) katta o‘qituvchilar, 3 nafar katta o‘qituvchilar va 17 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Kafedra tarixi: “Transport muhandisligi va logistikasi” kafedrasi 2022-yil sentabrdan boshlab “Transport tizimlari va texnologik mashinalar” kafedrasidan ajralib chiqib alohida kafedra sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

60712500 — Transport vositalari muhandisligi

61040100 — Transport logistikasi

61040300 – Yo‘l harakatini tashkil etish

60810100 — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Magistratura:

70712501 – Yer usti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: Yo‘nalishga kirish, Mexanika (NM, MQ, MMN, MD), Nazariy mexanika, Amaliy mexanika, Texnik mexanika, Nazariy mexanika va materiallar qarshiligi, Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari, Issiqlik texnikasi, Termodinamika va Issiqlik texnikasi, Mashinalar puxtaligi asoslari, Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar, Avtotransport vositalarining tuzilishi, Transport vositalari konstruksiyasi, Avtomobilsozlik texnologiyasi, Avtotransport vositalarining diagnostikasi, Xizmat ko‘rsatish texnikasi va jihozlari, Elektromobillar, Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari, Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash va jihozlash, Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari, Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi, Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari, Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar, Transport vositalari konstruksiyasi, Transport vositalarini elektr jihozlari va elektron tizimlari, Logistika, Transport vositalarining tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi, Transportda logistik xizmatlar, Logistikani strategik boshqarish, Avtomobil transportida yuklarni tashish, Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini tiklash, Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish, Transport umumiy kursi va boshqalar.

Magistratura: Maxsus fanlarni  o‘qitish metodikasi, Avtomobil transport vositalari va uni texnik ekspluatatsiyasining istiqbolli rivojlanishi, Transport vositalari va tizimlarning ishonchliligi, Texnologik jarayonni boshqarish va eksprementlarni rejalashtirish, Avtomobil transportida moddiy texnik ta’minot va resurslarni tejash, Avtotransport vositalarini diagnostikalash, Avtotransport korxonalarini takomillashtirish, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari, Avtomobil transportida litsenziyalash va sertifikatsiyalash.

         Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

          Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Abdirashidov Aslidin Abdumuhammad o‘g‘li texnika fanlari  bo‘yicha  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi bo‘yicha “Karyer avtosamosvallari dvigatellarining havo tozalash tizimini ishlash samaradorligini oshirish” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi, R.M.Choriyev 05.07.01-“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “G‘alla kombaynida maxsus moslamasi parametrlari va ish rejimini asoslash” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

         Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

         Hozirgi kungacha kafedrada 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya  chop etildi.

          Ilmiy maqolalar:

2023/2024-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 32 ta, Xalqaro jurnallarda 45 ta, shundan 3 ta Scopusda maqola chop etildi. Shuningdek,  2 ta patent olingan.