O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

Kafedra mudiri : Sakbayeva Vitaliya Vladimirovna

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha

☎️ Telefon: +998-91-230-22-93

📨 E-mail: sakbaevavitaliavladimirovna@gmail.com

Telegram: :+998-91-230-22-93

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 24 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 1 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan  3 nafar PhD, 7 nafar katta o‘qituvchilar, 15 nafar assistent o‘qituvchilar kafedrada faoliyatini olib bormoqda.

 

KAFEDRANING TARIXI

 

2017-2018 o‘quv yiligacha Termiz shahrida bitta universitet mavjud edi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Termiz shahrida bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalarining  Termiz filiallarini ochish haqida qaror chiqardilar. Jumladan, Islom Karimov nomidagi TDTUning Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 29-iyundagi PQ-3101-sonli Qaroriga binoan Termiz shahridagi №1Akademik litseyi binosida faoliyatini boshladi.

Filialda 2020-yil 26-fevraldagi №8/4-4-sonli Kengash yig‘ilishi qaroriga va yangi tasdiqlangan filial tuzilmasiga asosan 2020-yil mart oyida  “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi “Tillar” kafedrasi tarzida tashkil etildi. Filial direktorining 2020-yil 20-sentyabrdagi №179-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli farmoniga asosan “Tillar” kafedrasi nomi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga o‘zgartirildi.

Kafedrani 2017-2018 o‘quv yilida dotsent O‘.J.Esonov, 2018-2019- o‘quv yilida Sh.Q. Alimov (v.v.b), 2091-2020- o‘quv yilining sentyabr-dekabr oylarida assistant Sh.M.Raxmatova (v.v.b), 2020-yil mart-sentyabr oylarida O‘.Q.Abdinazarov boshqardilar. 2021-yil sentyabrdan boshlab xozirgi kunga qadar PhD V.V.Sakbayeva boshqarib kelmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi bilim sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga:

  1. Xorijiy til (ingliz tili)
  2. O‘zbek (rus) tili
  3. Akademik yozuv
  4. Davlat tilida ish yuritish
  5. O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi

fanlarini o‘qitib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat  ta’lim yo‘nalishlari mavjud emas.

PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:

Shukurova Bahor Boltayevna «Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi poetikasi ( Sh. Xolmirzayev, E. A’zam , N. Eshonqul ijodi asosida) mavzusida Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini  himoya qildi.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi  mudiri Sakbayeva Vitaliya Vladimirovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining  pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Ashurova Nasiba Muhammadiyevnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Kredit modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qildi.

 

Ilmiy faoliyati, hamqorligi va xalqaro amaliy anjuman

Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Barcha professor-o‘qituvchilarning ilmiy ish mavzulari OAK tasarrufidagi byulletenda e’lon qilingan va ular ushbu mavzular doirasida tadqiqotlar olib borishmoqda. Mazkur ilmiy izlanishlarning samarasi o‘laroq, xalqaro va respublika miqyosdagi konferensiyalarda 150 dan ortiq tezis va maqolalar, OAK tasarrufidagi xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 50 ga yaqin maqolalar, SKOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 3 ta maqola chop etildi.

Xorijiy xamkorlik doirasida 2025-yil fevral-may oylarida Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat pedagogika universiteti f.f.n.(PhD), dotsenti Nedostup Oleg Igorevichni rus tili fanini hamda Qozog‘iston Respublikasi Alma-Ata shahridagi

K.I. Satpayev nomidagi qozoq milliy tadqiqot texnik universiteti f.f.n.(PhD), dotsentini Bukabayeva Bakitgul Yerdesbayevna Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida amaliy darslarni onlayn tarzda olib borishga taklif qilinib, talabalarga amaliy darslarini yuqori darajada beg‘araz ko‘mak sifatida olib bordilar. Darslar davomida professorlar va talabalar xorijiy til va rus tili fanlar doirasida yangi bilimlar bilan o‘rtoqlashdi.