REJA-MOLIYA BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Soatov Mamayusuf Nazarovich
🗓 Qabul vaqti: Dushanba-shanba (soat 9:00-17:00)
☎️ Telefon: +99891 907 40 55
📨 E-mail: mamayusuf_soatov@mail.uz
Telegram: +99891 907 40 55
Reja-moliya bo‘limi universitetining alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysinadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, universiteti nizomi, ilmiy kengash qarorlariga asoslangan holda ish yuritadi.
Bo‘lim faoliyati haqida
Reja-moliya bo‘limi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘limning majburiyatlariga: joriy va perspektiv planlarni ishlab chiqish;
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bo‘limlarni prognozi (tahlili) va saqlab turish xarajatlarini ishlab chiqish, turli manbalardan (davlat byudjeti, kontrakt-to‘lov maxsus mablag‘lar, ilmiy-izlanish faoliyatidan va boshqa manbalardan);
universitetining moliyaviy ehtiyojini aniqlash hamda amaliyotga tadbiq etish;
Reja-moliya bo‘limi byudjet, to‘lov-kontrakt, maxsus mablag‘lar, rivojlantirish fondi va grand bo‘yicha sarf-xarajat smetasini tuzadi. Smeta bo‘yicha har- bir yo‘nalishda talab qilinadigan ehtiyojlar ro‘yxatini tuzib chiqadi.
Bo‘limlar va kafedralar bilan smeta xarajatlari miqdorini belgilashda, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni limitdan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Reja-moliya bo‘limi universitetining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib, istiqbolli loyihalarni tatbiq etadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
universitetining barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil qilish;
shtatlar jadvalini tuzish va nazoratini olib boorish;
xodimlar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘larni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;
smeta sarf-harajatlari prognozini (tahlilini) ishlab chiqish hamda nazorat olib boorish;
universitetining barcha turdagi faoliyati ustidan majmuaviy iqtisod tahlilini olib boorish;
universitetining barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisob-kitobini olib boradi va o‘rnatilgan muddatlarda joriy hisobotlarni tayyorlab boradi;
ish haqi va stipendiyalar oshirilganda professor-o‘qituvchi, ma’muriy-xo‘jalik, o‘quv yordamchi xodimlar tarifikatsion ro‘yxatini shakllantirib boradi;
me’yoriy baza o‘zgarshini hisobga olib shtat jadvalini korrektirovka qilish;
moliya manbasini hisobini olib boorish;
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘laridan moliyalashtiriluvchi smeta sarf-xarajatlarini tuzish;
hisobxona ma’lumotlari asosida smeta mablag‘larining sarflanishini tahlil qilib boorish;
professor-o‘qituvchi, ma’muriy-xo‘jalik hamda o‘quv yordamchi xodimlarni mexnat shartnomalariga oylik maoshlarini o‘rnatish;
har oyda universiteti bo‘limlaridan, kafedralardan kelgan tabellarni tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan tekshirib borish.
