O‘quv-uslubiy boshqarma
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Ibragimov Akram Javliyevich
Qabul vaqti : Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha
Telefon :
E-mail :
O‘quv-uslubiy boshqarmaning maqsadi
universitetning o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, ta’lim faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalariga quyidagilar kiradi — universitetda ta’lim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, “oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” (keyingi o‘rinlarda — dts deb yuritiladi) va ta’lim dasturlari (malaka talabi, o‘quv reja, o‘quv dasturlari, sillabuslar) hamda boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida amalga oshirishni tashkil etish va boshqarish; — universitetda o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, o‘quv jarayoni jadvalini shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish, fakultet, kafedra, bo‘lim va markazlarning ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini ta’minlash; — o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilish; — yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan, zamonaviy o‘qitish usullarini tatbiq etish; — o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy hujjatlar tayyorlanishida kasbiy standartlar, oliy ta’limning DTS va malaka talablariga rioya etish; — nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga, amaliy va kasbiy ko‘nikmalar hamda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish va tizimli monitoringini amalga oshirish; — monitoring natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va semestr, yil yakunida universitet Kengashi muhokamasiga olib chiqish; — masofaviy va dual ta’lim shakllarida ta’lim oluvchilarning modullarni o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirishini hamda ishtirokini monitoring qilish; — professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati hamda o‘qitish sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash hamda ularning kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtirish; — talabalar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtirish; — registrator ofisi bilan hamkorlikda fakultetlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talabalar kontingentini fakultetlar kesimida jamlash, umumiy hisobini shakllantirish va yuritish; — yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratilishi, ularning muntazam yangilab borilishini monitoring qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish; — universitetda ta’lim dasturlarini amalga oshirishning metodik ta’minotini tahlil etib borish va metodik yordam ko‘rsatish; — universitet tuzilmalari faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish uchun o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalarda lokal hujjatlarni ishlab chiqish; — xalqaro aloqalarga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar bilan birgalikda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning huquq va majburiyatlari
O‘quv-uslubiy boshqarma quyidagi huquqlarga ega: — o‘z vakolati doirasida universitetning barcha fakultetlari, kafedralari, bo‘limlar va boshqa tuzilmalari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; — universitetning tarkibiy tuzilma rahbarlari bilan o‘quv jarayonlari, o‘quv- uslubiy ishlarning holati, ta’lim faoliyati va ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilishlar va maslahatlar o‘tkazish; — universitet xodimlarini tegishli tuzilma rahbarlari bilan kelishgan holda o‘quv-uslubiy boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazifalarni bajarishga jalb etish; — o‘quv-uslubiy boshqarmaga yuklatilgan funksiya va vazifalarni ijrosini ta’minlash uchun fakultetlar, kafedralar, boshqarmalar, bo‘limlar, markazlar, akademik litsey va boshqa tuzilmalardan zaruriy ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilish; — o‘quv-uslubiy boshqarma ish faoliyatida foydalanish va ularni tizimli
hisobini yuritish uchun universitetga kelib tushgan hujjatlar va boshqa axborotlarni olish; — universitet rahbariyatiga boshqaruv kadrlari, professor- o‘qituvchilar va xodimlarni malaka oshirishi, universitet va o‘quv-uslubiy boshqarma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. O‘quv-uslubiy boshqarmaning majburiyatlari: — o‘quv-uslubiy boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida va samarali bajarish; — universitetning tarkibiy bo‘linmalari, xodimlari va ishchi guruhlarga o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha zaruriy metodik yordam ko‘rsatish; — o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish; — o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv, me’yoriy-uslubiy hujjatlarni, o‘quv jarayoni jadvallarini, o‘quv jarayonlarini tashkil etish muddatlarini tegishli tuzilmalar bilan kelishish va muvofiqlashtirish; — universitet boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish rejasini shakllantirishda ishtirok etish; — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli departament va boshqarmalari tomonidan talab etiladigan ma’lumot va hujjatlarni, shuningdek, nazorat tizimida qayd etilgan topshiriqlar yuzasidan ijro hisobotlarini belgilangan muddatlarda talab etilgan sifat va mazmunda taqdim etish.
Javobgarligi
O‘quv-uslubiy boshqarmaga yuklatilgan funksiyalar va vazifalar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun boshqarma boshlig‘i amaldagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javobgar hisoblanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining javobgarligi lavozim yo‘riqnomalaridan hamda amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda belgilanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarining kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuv, bosim o‘tkazish, ularning faoliyatini to‘xtatish yoki cheklash kabi holatlar bo‘lsa, bunday harakatlar belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi asosida ko‘rib chiqiladi va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Yakuniy qoidalar
O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari faoliyatini baholash KPI (asosiy faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimi asosida universitet tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nizomga universitetda belgilangan tartib qoidalar asosida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘quv-uslubiy boshqarma va uning tarkibiga kirgan bo‘limlar qonunchilik hujjatlariga asosan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Ushbu nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.
