📢 “Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!
🎓 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
💼 Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
— “Tadbirkorlikka ilk qadam”
— “Biznes start”
— “Biznes progress”
— “Talaba invest”
— “Mening birinchi kasbim”
💰 Ushbu loyihalar orqali:
• biznesni boshlash va kengaytirish
• kasb egallash va malaka oshirish
• yangi ish o‘rinlari yaratish
• xorijda o‘qish va tajriba orttirish
imkoniyatlari yaratilgan.
🚀 Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!
📌 Batafsil: nbu.uz
📞 (78) 148 00 10
2025-2026 va 2026-2027 o‘quv yilida Bitiruvchi talabalarning “Kelajakka qadam” va “Kelajak tadbirkori” loyihalari doirasida amalga oshiriliyotgan ishlar toʻgʻrisida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-210-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida “Kelajakka qadam” dasturi loyihasi doirasida Mazkur bo‘limda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalar va yoshlar uchun taklif etilayotgan imtiyozli kredit mahsulotlari, jumladan, “Tadbirkorlikka ilk qadam”, “Biznes start”, “Biznes progress”, “Talaba invest” va boshqa kredit mahsulotlari Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Surxondaryo viloyat “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJ, “O‘zmilliybank” Surxondaryo filiali hamkorligida imtiyozli kreditlar ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida hozirgi kunda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida aniq biznes-rejaga ega bo‘lgan tashabbuskor bitiruvchi talabalardan 276 ta loyiha kelib tushgan.
Shundan 246 ta loyihaga jami 5 mlrd 850 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, yana 26 nafar bitiruvchining jami 2 mlrd 560 mln so‘mlik kreditlarini moliyalashtirish jarayoni davom etmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026-yil 17-avgust kuni “Kelajak tadbirkori” dasturlari doirasida seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida dastur doirasida 10 va 20 million so‘mgacha imtiyozli kredit mablag‘lari olgan talabalar faoliyati ham tahlil qilindi. Xususan, universitet miqyosida kredit olgan 38 nafar talabaning ayrimlari tomonidan kredit to‘lovlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mas’ul mutasaddilarga kredit mablag‘larining qaytarilishini ta’minlash va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Ayni paytda kredit mablag‘laridan foydalanishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamda 20 million so‘mdan ortiq kredit mablag‘i olib, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlar faoliyati bank xodimlari va universitetning mas’ul vakillari tomonidan muntazam monitoring qilinmoqda.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijasida kredit to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikning qariyb 72 foizi qoplandi va 64 million so‘mdan ortiq mablag‘ kredit hisobvaraqlariga qaytarildi. Monitoring natijalari kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi, tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish hamda kredit mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani kuzatilmoqda. Kelgusida ham mazkur yo‘nalishda monitoring va amaliy ko‘mak ishlari izchil davom ettirilib, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit mablag‘laridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, “Kelajak tadbirkori” dasturlari doirasida 11 nafar talaba tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ularning har biri 50 million so‘mdan ortiq miqdordagi moliyaviy mablag‘larni jalb etish orqali yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Mazkur tashabbuslar natijasida talabalar nafaqat o‘zini o‘zi band qilish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali boshqa fuqarolarning ham bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shdilar. Bu esa yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
