Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Tinchlik – eng oliy ne’mat. Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida tashkil etilgan tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari K.Jomaxmatov hamda Termiz shahar IIB mas’ul xodimi M.Normengliyev ma’ruza qildi.
Uchrashuv davomida bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli yot g‘oyalar va axborot xurujlari ta’siridan asrash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va milliy-umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish hamda inson qadr-qimmatini ulug‘lash masalalari atroflicha tahlil etildi.
Muloqot chog‘ida universitetning 1-bosqich talabalari soha mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblarni oldilar. Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan savol-javoblar uchrashuvning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
