Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 4-bosqich talabalari 100%, 3-bosqich talabalari esa 50% dual ta’lim tizimiga o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan universitetda talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida energetika sohasi mutaxassislari talabalarga quyosh panellari, gaz quvurlari armaturalari, elektr tarmoqlari uskunalari va himoya vositalarining tuzilishi hamda ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, dual ta’limning afzalliklari, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, maxsus ish kiyimlaridan to‘g‘ri foydalanish va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi. Talabalar qurilmalarni bevosita ko’zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bunday amaliy seminarlar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va ularni bo‘lajak mehnat faoliyatiga puxta tayyorlashga xizmat qiladi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
