⛏️ Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi — kelajak muhandislari maskani!
Zamonaviy texnologiyalar, konchilik, geologiya hamda neft-gaz sanoatida faoliyat yuritishni istaysizmi? Unda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi sizni sifatli ta’lim va istiqbolli kasb sari chorlaydi.
🎓 Ta’lim yo’nalishlari:
⛏️ Konchilik ishi
⚡️ Konchilik elektr mexanikasi
🪨 Foydali qazilma konlari geologiyasi
🛢 Neft va gaz ishi
💼 Bitiruvchilar quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishlari mumkin:
📎 Konchilik korxonalari;
📎 Neft va gaz sanoati korxonalari;
📎 Geologiya-qidiruv tashkilotlari;
📎 Foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalari;
📎 Energetika va sanoat korxonalari;
📎 Loyihalash va injiniring kompaniyalari;
📎 Davlat hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari.
🔔 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida zamonaviy kasbni egallang va kelajagingizni bugundan quring
