Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Audit boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Mamatqulov Surxondaryo viloyatida DTM test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida abituriyentlar test topshiradigan binolar va imtihon zallari, ularning texnik hamda tashkiliy jihatdan tayyorlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish hududlari, sovutish tizimlarining ishlash holati hamda test sinovlari ishtirokchilari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar o‘rganildi.
Ko‘rik jarayonida test sinovlarini belgilangan talablar asosida, shaffof va adolatli tashkil etish, abituriyentlar uchun qulay muhit yaratish hamda tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
