Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Pokistonning Karachi universiteti professori Kamran Azim hamda NED Muhandislik va texnologiya universiteti doktori Atif Mustafo ishtirokida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda tabiiy asaldagi biofaol oqsillar, suv resurslarini barqaror boshqarish, ekologik yechimlar va zamonaviy muhandislik yondashuvlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir davomida ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Yakunda tomonlar akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma ilmiy loyihalarni yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
