O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 10-sentyabrdagi 190-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori asosida 2021-yilda Magistratura bo‘limi tashkil etildi.
Magistratura bo`limi institutda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
•magistrlar tayyorlash bo`yicha o`quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta`lim va o`qitish sifatini nazorat qilishga ko`maklashishni;
•o`quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
•barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
•magistrlarni o`qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta`minlaydi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti magistratura mutaxassisliklari
70710101-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
70710401-Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
70721403-Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (mahsulotturlari bo’yicha)
70712501-Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha)
70710601- Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha)
