OCHLIKKA BARHAM BERISH (SDG 2)


Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Barqaror rivojlanish maqsadlarining 2-maqsadi – “Ochlikka barham berish”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyat orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga hissa qo‘shib kelmoqda. Universitet qishloq xo‘jaligi, veterinariya, oziq-ovqat texnologiyalari va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, hududda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiradi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari, dehqonlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda dala tadqiqotlari, tuproq va suv tahlillari, agrotexnik monitoring hamda ilmiy-amaliy maslahatlar olib boradilar. Ushbu faoliyatlar hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, universitet tomonidan fermerlar, yoshlar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari uchun seminarlar, o‘quv-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekologik barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish va zamonaviy qishloq xo‘jaligi tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar;
Fermer xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy tavsiyalar berish;
Tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar;
Suv tejovchi texnologiyalarni targ‘ib qilish;
Qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni joriy etish;
Talabalar uchun dala amaliyotlari va tajriba maydonlarida mashg‘ulotlar tashkil etish;
Chorvachilik va veterinariya yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy faoliyat olib borish.
Natijalar
Universitetning ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasiga asoslangan faoliyati Surxondaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu tashabbuslar Barqaror rivojlanish maqsadlarining 2-maqsadi – “Ochlikka barham berish”ga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

TDMAUda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Yangi zamonaviy, innovatsion agrotexnologiyalar asosida oziq-ovqat xavfsizligi va tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston, Turkiya, Pokiston va Ozarbayjondan offlayn hamda onlayn formatda olimlar, tadqiqotchilar, magistrlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Anjumanni universitet rektori, professor Rasul Toʻrayev kirish soʻzi bilan ochib, oʻz nutqida agrosohada innovatsiyalarni joriy etish, tuproq unumdorligini tiklash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga toʻxtaldi.

Yalpi yigʻilishda xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan qishloq xoʻjaligidagi muammolar va ularning ilmiy yechimlari haqida maʼruzalar qilindi.

Anjuman doirasida 3 ta shoʻba yigʻilishi tashkil etildi:
● Oziq-ovqat xavfsizligi va o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda innovatsion yondashuvlar;

● Tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklar biorang-barangligini saqlash;
● Qishloq xo‘jaligidagi muammolar va ularning zamonaviy yechimlari.



Anjumanda bildirilgan taklif va tavsiyalar sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

TDMAU jamoasi bayram festivalida faol!

​Bugun Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan katta festival bo‘lib o‘tmoqda. Unda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi o‘zlarining ijodiy va intellektual salohiyati bilan munosib ishtirok etmoqda.

​Festival doirasidagi “Osh chempionati”da universitet jamoasi mahorat ko‘rsatib, milliy taomlarimizning sara namunalarini taqdim etdi. Shuningdek, oliygoh vakillari kasb ko‘rgazmasida qishloq xo‘jaligi va muhandislik sohasidagi innovatsion loyihalari hamda zamonaviy ishlanmalari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

​Hozirda talabalar sport musobaqalarida mahoratlarini namoyish etishmoqda. Kun yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi, bayram konserti va mushakbozlik shousi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bayram festivali: Talabalarning pazandalik va sport mahorati namoyish etildi

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan festival doirasida TDMAU talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Osh chempionati” hamda sport musobaqalari g‘oliblari e’lon qilindi.

​“Osh chempionati” natijalari:
​🥇 1-o‘rin: Agrobiologiya fakulteti;
​🥈 2-o‘rin: Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti;
​🥉 3-o‘rin: Mexanika va konchilik ishi fakulteti.



Shuningdek, fakultetlar o‘rtasida kechgan tosh ko‘tarish va arqon tortish bahslarida universitetning eng polvon talabalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Barcha g‘oliblarga rektorat tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

​✨ Ayni daqiqalarda bayram shukuhi kechki konsert dasturi bilan davom etmoqda.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishidan so‘ng, Qurbon hayiti munosabati bilan universitet jamoasi uchun ehson dasturxoni yozildi.

Tadbirda ilm ahlining qadri yuksak e’tirof etilib, ustozlardan duolar olindi. Qurbon hayitining ma’naviyati, mehr-oqibat va ezgulikni ulug‘lash ruhi bilan uyg‘un tarzda o‘tgan ushbu tadbirda jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, kelgusidagi ishlar bardavom bo‘lishini, ilmiy yutuqlar, ezgu sa’y-harakatlar davom etishini tiladi.

Ehson dasturxoni atrofida yig‘ilgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar hayit bayrami oldidan mehr-oqibat, hamjihatlik va qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash ruhida muloqotda bo‘lishdi.