SDG 1 – NO POVERTY
(QASHSHOQLIKNING BARCHA SHAKLLARIGA BARHAM BERISH)
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 1 – “Qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish” maqsadini qo‘llab-quvvatlaydi. Universitet ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari hamda hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
Universitetda kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ota-onasidan ayrilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun moddiy yordam, stipendiyalar va turli imtiyozlar taqdim etiladi. Talabalar turar joylarida imtiyozli yashash sharoitlari yaratilib, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Talabalarning iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida xalqaro amaliyot va mehnat dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Work and Travel hamda Germaniya va Bolgariya kabi davlatlardagi amaliyot dasturlari orqali talabalar kasbiy tajriba orttirish bilan birga qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lmoqdalar. Mazkur dasturlar yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, “Digital Mahalla” loyihasi hamda mahallalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Universitetda talabalar va yoshlar uchun tadbirkorlik, innovatsion faoliyat, startap loyihalar hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha trening va seminarlar muntazam tashkil etiladi. Bu esa bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish va barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Natijada universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar talabalar va mahalliy hamjamiyatning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda qashshoqlikni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti SDG 1 maqsadlariga erishish yo‘lida inklyuziv ta’lim, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirishni davom ettiradi.
Stressni qanday yengish mumkin? Ekspertlardan muhim tavsiyalar
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Ruhiy barqarorlik va shaxsiy yuksalish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga ruhiy salomatlikni mustahkamlash, stress va hissiy toliqishning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari — S.Cho‘tboyeva, X.Sharafutdinova hamda S.Almardanovalarning ma’ruzalari tinglandi. Unda hissiyotlarni boshqarish, emotsional intellektni rivojlantirish va ichki bezovtalikni bartaraf etishning zamonaviy yechimlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish va oliygohda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
Shu kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov talabalar bilan dastlabki uchrashuvlarda berilgan tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyihalarni joyida ko‘rib chiqib, amaliy ishlarga start bermoqda.
Bugun ham viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida mahallalar uchun ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishib,
mas’ullarga ular asosida amaliy ishlarni boshlash, infratuzilmani bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Shu tariqa, ta’lim va amaliyot uyg‘unlashtirildi: talabalar o‘z bilim va ilmiy tadqiqotlarini mahallalar rivojlanishiga qaratmoqda, mahalladagi hayot sifatini yaxshilash esa aholi uchun haqiqiy samara beradi. Yoshlar g‘oyalari amalda mahallalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Yoshlar tadbirkorligiga amaliy ko‘mak
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Kelajakka qadam” va “Kelajak tadbirkori” dasturlari doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda “Kelajakka qadam” markazi hamda O‘zmilliybank mutaxassislari talabalarga biznes boshlash, imtiyozli kreditlar olish, loyihalarni moliyalashtirish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.
Bugungi kunga qadar universitetning 276 nafar bitiruvchisi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit olish bo‘yicha murojaat qilgan. Shundan 242 nafarining loyihasi moliyalashtirilgan, 27 nafar talabgorning hujjatlari bo‘yicha moliyalashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Mazkur natijalar universitetda yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
TDMAUda chorvachilik sohasini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida «Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy texnologiyalar» mavzusida ilmiy-amaliy seminar va workshop tashkil etildi.
Tadbir Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti hamda Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda Respublika Chorvachilik va yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi, Surxondaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi vakillari, soha mas’ullari va bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Seminar davomida chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, Germaniyaning ilg‘or texnologiyalari va tajribalarini joriy etish, naslchilik ishlarini takomillashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir savol-javoblarga boy o‘tib, talabalarga sohadagi islohotlar va taraqqiyot istiqbollari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Stressni qanday yengish mumkin? Ekspertlardan muhim tavsiyalar
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Ruhiy barqarorlik va shaxsiy yuksalish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga ruhiy salomatlikni mustahkamlash, stress va hissiy toliqishning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari — S.Cho‘tboyeva, X.Sharafutdinova hamda S.Almardanovalarning ma’ruzalari tinglandi. Unda hissiyotlarni boshqarish, emotsional intellektni rivojlantirish va ichki bezovtalikni bartaraf etishning zamonaviy yechimlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish va oliygohda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
TDMAUda “Karyera kuni” va mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bitiruvchi yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi qizgʻin davom etmoqda.
Tadbirda 120 dan ortiq hamkor korxona va tashkilotlar oʻz vakansiyalari bilan ishtirok etmoqda. Ayni paytda ish beruvchilarning koʻrgazmalari namoyish etilib, talabalar boʻsh ish oʻrinlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Boʻlajak mutaxassislar va korxona vakillari oʻrtasida B2B formatdagi suhbatlar oʻtkazilib, ishga qabul qilinayotgan talabalar bilan dastlabki mehnat shartnomalari imzolanmoqda. Shuningdek, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga imtiyozli kreditlar boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.
Tadbir doirasida «Ochiq eshiklar kuni» ham tashkil etilib, umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilari universitetdagi zamonaviy sharoitlar, taʼlim yoʻnalishlari va keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
SDG 1 – NO POVERTY (QASHSHOQLIKNING BARCHA SHAKLLARIGA BARHAM BERISH






Mehrga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, bemorlarni yo‘qlash, mehrga muhtoj insonlarning ko‘nglini xushlash kabi fazilatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy an’analar hisoblanadi.
Shu maqsadda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Qurulish va irrigatsiya fakulteti hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan Termiz shahri Shifokor MFYda yashovchi kam taminlanganlar holidan xabar olishdi.
