Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi “Termiz Farovon Servis“ BSK tomonidan “Movaro” massividagi ko‘p qavatli uylar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Binolarning tashqi fasadi zamonaviy ranglar bilan yangilanib, hududga butkul o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlandi.
Ayniqsa, aholi uchun mavjud bo‘lgan dam olish maskanlari boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan tubdan yaxshilandi. Bolalar o‘yin maydonchasi, naqshinkor shiyponcha (besedka) hamda o‘rindiqlar to‘liq ta’mirlanib, namunali va xavfsiz holatga keltirildi. Binolar atrofidagi yashil maydonlar va manzarali daraxtlarni parvarishlash uchun esa yangi tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatildi.
Binolarning ichki qismi, xususan, podezdlar va qavatlardagi shiroitlar ham yaxshilanib, lift hamda yoritish tizimlari qayta sozlandi. Hudud tozaligini saqlash uchun zamonaviy chiqindi saralash qutilari, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida esa videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Bizning oliy maqsadimiz — aholi uchun munosib, shinam va xavfsiz yashash sharoitini ta’minlashdir!
