​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sportni rivojlantirish, moliyaviy barqarorlik va ijro intizomiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

​Prezidentimiz raisligida sport sohasidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor topshiriqlaridan kelib chiqib, universitetda sportning 22 turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini jonlantirish vazifasi qo‘yildi. Bunda talabalarni sportga to‘liq qamrab olish va mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda volontyorlar faolligini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

​Yig‘ilishda, shuningdek, “BILLING” tizimidagi ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlash va shartnoma to‘lovlari monitoringini yuritish masalalari ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlar kengashi faoliyatini kuchaytirish, talaba-qizlarni hunarga o‘rgatish hamda Edo.ijro.uz tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

​Yakunda universitet professor-o‘qituvchilarining Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliygohlariga amalga oshirgan xizmat safari natijalari tahlil qilindi. Safar yakunlari bo‘yicha xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga integratsiya qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.