Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Qurilish va irrigatsiya” fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan maxsus o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminarda quyidagi mavzular keng yoritildi:
🟢yoshlarda halollikni shakllantirish
🟢“halollik darslari”ni o‘tish metodikasi
🟢korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli

Shuningdek, seminarda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish va yoshlarda halollikni mustahkamlashga xizmat qiladi.