“Marvarid” dam olish maskanida o‘tayotgan “Yoshlar festivali” doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari o‘zlarining shijoati, san’ati va betakror chiqishlari bilan bayram tadbiriga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.

Harbiylarning jangovar chiqishlari va qurol-aslaha bilan ishlash mahorati, harbiy orkestrning jo‘shqin ijrolari va vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar talabalarimizda ona Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirdi.