Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Viloyat mahallalar uyushmasi boshqarmasi boshlig‘i S.Abduraimov mahallalardagi «yettilik» tizimi va yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Muloqot davomida «Yoshlar daftari» orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar, xususan, kontrakt to‘lovlarini qoplash va tadbirkorlik uchun ajratiladigan subsidiyalar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, talabalarning muhandislik va agrotexnologiya sohasidagi bilimlarini mahallalar rivojiga yo‘naltirish, drayver sohalarda faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi. Yakunda yoshlar bandlik va ijtimoiy himoyaga oid savollariga javob oldilar.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.
