Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Indoneziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Indonesia AID Scholarship (TIAS) – 2026” xalqaro stipendiya dasturi haqida ma’lumot kelib tushdi.

Mazkur dastur doirasida talabalar Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim bosqichlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • bakalavriat
  • magistratura
  • doktorantura

🎓 Stipendiya quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi:

  • o‘qish to‘lovi
  • yashash xarajatlari
  • tadqiqot ishlari xarajatlari
  • o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash
  • tibbiy sug‘urta
  • ilmiy maqolalarni chop etish xarajatlari
  • xalqaro aviachipta (viza xarajatlari bilan birga)
  • universitetgacha transport xarajatlari

📅 Hujjatlar qabul qilish muddati: 2026-yil 17-aprelga qadar

✈️ Tanlab olingan stipendiatlarning Indoneziyaga yetib borish muddati: 2026-yil 20–31-avgust

📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi
Email: pensosbud.tashkent@kemlu.go.id

📌 Ushbu dasturda ishtirok etishga qiziqayotgan talabalar va izlanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.